Sunnat Ermatov: "Buxoroda bizni "og'ir" o'yin kutyapti"
18 mar 2017 09:30
Yangiliklar
Sunnat Ermatov: "Buxoroda bizni "og'ir" o'yin kutyapti"
Oliy liganing 3-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Obod" uchrashuvi oldidan mehmonlar yarim himoyachisi Sunnat Ermatovning fikrlari bilan qiziqdik.
- Buxoroda bizni "og'ir" o'yin kutyapti. Buni barcha bilib, sezib, his qilib turibdi. Nasib qilsa, chiroyli o'yin ko'rsatib, g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz. "Buxoro" tarkibida mahoratli o'yinchilar talaygina, lekin biz o'z o'yinimizni namoyish qilsak, ortga yorug' yuz bilan qayta olamiz.
Raqibning kuchidan kelib chiqib o'yinga alohida tayyorgarlik ko'rganimiz yo'q. SHunchaki, avvalgi bahslardagi xatolarimizni takrorlamasdik borasida ishladik. Agar xatolarga yo'l qo'ymasak, ochkosiz qaytmaymiz. Mezbonlarga beradigan ustunlik, bu muxlislari bo'lsa kerak! Ishqibozlarning daldasi bilan jamoa katta kuchga aylana oladi.
"Obod" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
17:16
Otabek Umarov va Ravshan Ermatov Milliy futbol markazidagi qurilish jarayonini ko'zdan kechirdi 11
21:06
Falkao, Saviola, Ermatov, Kapadze, Ahmedov, Umarov... Yulduzlar ishtirokidagi bahsdan GALEREYA 8
Fikrlar