So’nggi yangiliklar

23:50"Ал Ҳилол" Нуньес вакиллари билан боғланди. "Ливерпуль" ҳужумчиси таклифга рози  0 23:24Польша терма жамоаси ўйинчилари Левандовскининг сардорлик боғичи олиб қўйилганини "нишонлашди"  3 22:32ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз уйида мағлуб бўлди  19 22:21Расман: "Манчестер Сити" 40 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  12 22:08Алонсо "Реал"даги илк машғулотини ўтказди  1 21:41Левандовски терма жамоадан кетиши ҳақида: "Мураббий ишончимга хиёнат қилди. Гап ҳатто сардорлик боғичини олиб қўйиш қарорида ҳам эмас, балки бу ҳақда қандай хабар беришганида"  6 21:27Ўртоқлик учрашуви. U23 Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасини мағлубиятга учратди  0 20:37Ўзбекистон терма жамоасининг Қатар билан беллашувдан олдинги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  15 20:22Хулен Лопетеги: "Катанец жуда яхши ишлар қилиб кетди, энди эса Тимур бу ишларни давом эттирмоқда. Ўзбекистон каби Осиёдаги энг кучли жамоаларга қарши майдонга чиқиш – анча жиддий чақирув"  14 20:05Тимур Кападзе: "Катанец билан бир-биримизни табрикладик. Биз Қатардан ҳар жабҳада кучлимиз"  36 19:37Остон Ўрунов қанча муддатга сафдан чиқди?  13 19:10Сергей Лебедев: "Ўтган ўйиндаги каби ҳаракат қила олмадик"  1 18:53"Интер"нинг бўлажак мураббийи "Парма"ни тарк этди  0 18:32Расман: Николич ЦСКА бош мураббийлигидан кетди  2 18:20"Манчестер Сити" дарвозабони клубни тарк этди  1

Suniy qo'llash oqibati yoxud "Neftchi" "Cementchi"ning kasriga qoldimi? Yangiliklar

Suniy qo'llash oqibati yoxud "Neftchi" "Cementchi"ning kasriga qoldimi?

Teglar :  NeftchiCementchi
Yil boshida katta umidlar bilan Superliga o'yinlariga qo'yilgan "Neftchi"ning hozirgi holatiga yana havas qilib bo'lmay qoldi.

Mana 8ta tur o'tdiki, "Neftchi" hali g'alaba qozongani yo'q. Superligada umuman yutmagan kim desangiz, hamma "Neftchi" deydi. Jamoa uchta durang o'ynab, besh marta yutqazdi. Qolaversa, atigi bitta gol urdi xolos. (Bu gol ham rikoshet sabab kiritildi). Bu ahvolda "Neftchi" yana quyi divizionga tushib ketadigan ko'rinadi.

Aslida bu klub mavsumni Pro-ligada o'tkazishi kerak edi. Lekin sharoiti yaxshi deb jamoa Superligada olib qolindi. Aniqrog'i, voqea sal boshqacha bo'ldi. O'tgan yil birinchi ligani "Cementchi" peshqadam sifatida tugatdi. Birinchi liga ham alohida rasmiy turnir emasmi, buning ham o'z sovrindorlari va autsayderlari bo'ladi.

Xullas "Cementchi" chempion bo'ldi va birinchi liga chempioni sifatida haqli ravishda Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritdi. "Cementchi" hatto Superligaga tayyorgarlik ko'rishni boshlab yuborgandi: jamoada pul bor, hammasi joyida degan gaplarni eshitgandik. Ammo nimadir bo'ldi-yu, oradan ko'p o'tmay "Neftchi" Superligaga qaytarildi, "Cementchi" murabbiy-u do'xtirlari bilan xullas hamma "Neftchi"ga ko'chib o'tdi.

O'tgan yilgi "Neftchi" allaqachon tarqatib yuborilgandi. Hozirgi "Neftchi" aslida "Neftchi" emas, balki o'tgan yilgi "Cementchi"ning eng katta bo'lagi. Faqat futbolchilar "Neftchi" formasini kiyib o'ynashyapti. Futbolimiz shu darajada qiziqki, hozir o'tgan yilgi birinchi liga chempioni hech qaerda yo'q! Etibor bering-a, birinchi ligani peshqadam sifatida tugatgan "Cementchi" hozir na Superligada, na Pro-ligada bor.

Biz-ku vaziyatdan xabardormiz, lekin jahon futboli statistikasi bilan shug'ullanadigan xorijlik jurnalistlar bechora "Cementchi"ni hech qaerdan topa olmay hayron bo'lib o'tirishgan bo'lsa kerak. To'g'ri-da, chempion jamoa qayoqqa yo'qolib qoldi? 

Bir aylanib "Neftchi" futbolkasini kiyib olgan yigitlar o'zlarini ko'rsata olishmayapti. Bu esa o'yindan o'yinga Farg'onadagi stadionga kamchilik odamlar kelishiga sabab bo'lmoqda. Endi tasavvur qilib ko'ramiz, agar "Neftchi"ning o'rnida "Cementchi" bo'lganida natija yaxshi bo'larmidi?

Balki yaxshi bo'lardi, balki bo'lmasdi, lekin bu o'rinda muhimi shuki, natija qanday bo'lmasin "Cementchi"niki sifatida qabul qilinardi. Biz tushunardik, agar "Cementchi" Superligada ishtirok etib eng oxirgi o'rinda yursa debyutant, tajribasi kam derdik, biroz vaqt lozim derdik. Ammo bu jamoa - "Neftchi", tarkibida kimlar o'ynayotganidan qatiy nazar klubning nomi o'sha shonli "Neftchi". SHu bois ham "Neftchi" deb qarashga, har bir natijasini "Neftchi"niki deb atashga majburmiz. 

Balki aytishingiz mumkin, ikkalasi ham Farg'ona viloyati jamoasi, nima farqi bor deb. Bor farqi. Farqi shundaki, "Cementchi"ning oliy ligaga chiqishida hissa qo'shgan odamlar bor edi va ular "Cementchi"ni yaxshi ko'rardi. Men bu o'rinda murabbiy va futbolchilarni aytmayapman. Oddiy ishchilar haqida gapiryapman. Ular maydonga qarashardi, ovqat pishirardi, stadionni tozalardi va hokazo. Ular o'z jamoalarini "Cementchi" deb bilishardi. Bu jamoaning o'ziga yarasha muxlislari bor edi. Endi ular "chi" qo'shimchasini joyida qoldirib, "cement" o'rniga "neft" deyishga majburmi?

"Neftchi"ning ham o'z muxlislari bor bo'lib ular jamoa "Neftchi"ligi uchun yaxshi ko'rardi. Viloyatda, shaharda derbilar doim bo'lgani yaxshi. "Neftchi" o'z yo'lini tanlasin, "Cementchi" o'z yo'lini. Bazan eshitib qolamiz, har bir viloyatdan bittadan jamoa etadi. Agar sharoiti ko'tarsa nega endi ikkita klub o'ynamasligi kerak? Odamlar futbolni avvalo raqobat bo'lgani uchun ko'radi. Agar "Neftchi" raqobat qilmasdan hammaga yutqazib yuraversa bu jamoaning o'yini kimga qiziq? 

Nahotki hozirgi "Neftchi" o'tgan yilgi "Cementchi"ning kasriga qolgan bo'lsa? Mana, "Metallurg" bilan o'yindan keyin jamoa katta murabbiyi Abdumalik Hakimov hatto darvozaga kirib borayotgan to'plar qaytyapti degan gapni aytib o'tdi. Axir bu bejiz bo'lmasa kerak. SHuncha o'yinda bitta gol urilgani mavjud holatni ko'rsatib turmayaptimi? "Neftchi" futbolchilari mashg'ulotlarda kam ishlashyapti degan fikrdan yiroqmiz, ular ehtimol hammadan ko'p ter to'kayotgan bo'lishi mumkin. CHunki jamoaning hozirgi holati barchaga malum. Lekin omad ochiqchasiga, hatto uydagi o'yinlarda ham yuz o'girayotgan ekan demak, bu erda bir gap bor. 

Xo'sh, bu borada Siz qanday fikrdasiz?

Reyting: +75   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика