Sultonboy og'a, tavallud ayyomingiz muborak!
24 may 2014 15:02
Yangiliklar
Sultonboy og'a, tavallud ayyomingiz muborak!
Urganch shahridagi 5-son futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internati Xorazm vohasida muhim o'rin tutadi.
Ushbu mahorat maskanida talim olish istagini bildirayotgan yoshlar soni yildan-yilga oshmoqda. Mana, bir necha yildirki mazkur o'quv maskaniga Sultonboy Dosov rahbarlik qilmoqda. Bugungi kunda bu erda Alisher Vapaev, Azamat Jabborov, SHerzod Ibodullaev, Otabek Rahimov singari sobiq futbolchilar o'zlarining amaliy tajribalarini shogirdlari bilan baham ko'rishyapti.
Umuman, S. Dosov rahbarlik qilayotgan maktab-internatda ko'plab taniqli futbolchilar etishib chiqqan. Respublikamiz futbol ahliga yaqindan tanish bo'lgan hujumchi Ro'zimboy Ahmedov (“Neftchi”, Farg'ona), himoyachi Maqsudbek Karimov(“Nasaf”, Qarshi), darvozabon G'ayrat O'daev, yarim himoyachi Ilyos Xayrov, Marks Quronboev(“Xorazm”, Urganch)lar ushbu maskan tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi. SHuningdek, yana qator futbolchilar mamlakatimizning birinchi liga jamoalari safida to'p surishmoqda. Albatta, ularning mahoratli futbolchilar bo'lib etishishida nafaqat murabbiylarning, qolaversa bilim dargohi rahbarining ham munosib ulushi bor. Vaholanki, futbolchilarning to'laqonli bilim olishi, mashg'ulotlar jarayonini nazorat qilish, tarbiyachilarning musobaqalarda ishtirokini taminlashdek masuliyatli vazifa aynan maktab-internat direktorining zimmasidadir. Mubolag'a emas, bu borada Sultonboy og'a o'z vazifasini talab darajasida ado etib keldi.
Bugun o'quv maskanlarida so'nggi qo'ng'iroq jarangladi. Bu bitiruvchi yoshlarga olam-olam quvonch ulashdi. SHular qatori S. Dosov ham sevindi. Birinchidan u o'qishni tugatayotgan tarbiyalanuvchilarini kamolot sari yo'llayotgan bo'lsa, ikkinchidan o'zining 60 yillik tavallud ayyomini tantana qildi.
Sultonboy og'ani muborak ayyomi bilan qutlar ekanmiz, unga oilaviy baxt, totuvlik va bitmas-tuganmas baraka tilaymiz. Doimo sog'-salomat bo'ling, USTOZ!
Xorazm viloyati futbol federaciyasi nomidan
Ravshanbek Otajonov,
Ikrom Xudoyberganov.

Fikrlar