So’nggi yangiliklar

14:18"Бетис" Антонининг трансферини ҳал қилди — Here We Go!  0 13:54"Арсенал" 14 йилдан бери "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этолмаяпти  0 13:2239 ёшли Жеймс Милнер АПЛ тарихига кирди  2 12:54Доннарумма "Манчестер Сити"да — Here We Go!  1 12:25"Бешиктош"га янги мураббий тайинланди  0 12:01Шотландия клуби Қозоғистон терма жамоасининг икки футболчисини кузатмоқда  1 11:37Эдерсон 13-14 млн евро эвазига "Фенербахче"га ўтмоқда — Here We Go!  2 10:45"Милан" Адриен Рабьони сотиб олади  0 10:17ПСЖ футболчи фаолиятини "Фенербахче"да давом эттиришга яқин  0 09:48"Манчестер Сити" футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  3 09:21Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳо олишди?  8 08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  2 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 07:57Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда  10 07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  29

Sultonbek Nurmetov: "Paxtakor"ga qarshi o'yinda yigitlarning harakatidan xafa emasman" Yangiliklar

Sultonbek Nurmetov: "Paxtakor"ga qarshi o'yinda yigitlarning harakatidan xafa emasman"

"Paxtakor" - "Xorazm" (4:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida birinchi bo'lib mehmonlar vakili ishtirok etdi.
"Yigitlar bugun yomon uynashmadi. Asosiy etiborimiz birinchi ligaga qaratilgan ikki kun oldin "Registon" bilan o'ynagandik. Yigitlarga etirozim yo'q", - deb gap boshladi "Xorazm" jamoasi boshlig'i Sultonbek Nurmetov.

"Tarkibimizda 80 foiz mahalliy futbolchilar bor. Tajribali futbolchilar ham bizga kerak".

"O'yinning Toshkentga ko'chirilishiga sabab hozirda Xorazmdagi uy stadionimiz qayta tamirlanmoqda. SHu bois uy o'yinlarimizni Xivadagi stadionda o'tkazayapmiz. Maydon u qadar talabga javob bermaydi. SHu bois "Paxtakor" bizga Samarqandda o'ynaysizlar Toshkentga yaqin, o'yinni shu erda o'tkazaylik deb taklif bilan chiqdi. Biz bunga rozi bo'ldik".

"Kamchiliklarimiz juda ko'p, lekin ish olib borilmoqda. Oliy ligaga chiqish maqsadimiz. Unga harakat qilamiz".

"Qizil kartochka borasida hakamlardan so'radim. Aniq javob berishmadi. Buni aniqlashtiramiz".

Xorazmdagi stadionimiz 2003 yildan so'ng birinchi bor qayta tamirlanmoqda. Barchasi "Umid nihollari" uchun.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика