Sulsher “Yunayted”ning ketma-ket ikkinchi g'alabasidan so'ng nimalar dedi?
27 dek 2018 08:43
Yangiliklar


Sulsher “Yunayted”ning ketma-ket ikkinchi g'alabasidan so'ng nimalar dedi?
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Ole-Gunnar Sulsher “Xaddersfild” ustidan (3:1) qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Hali “Manchester Yunayted” bosh murabbiyiligiga ko'nikib ulgurmadim. Buning uchun menga vaqt kerak. Bor-yo'g'i 2 ta o'yin o'tkazdim. Ammo menga dunyodagi eng zo'r muxlislar yordam bermoqda. APLdagi vaziyatga keladigan bo'lsak, navbatdagi ikki o'yin biz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. “Xaddersfild” ustidan qozonilgan g'alaba orqali esa biz bu o'yinlarga kuchimizga bo'lgan ishonch bilan boramiz”, — deydi Sulsher.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar