Sulsher: "Yarim finalga etib kelganimizdan xursandmiz, bu final uchun ajoyib imkoniyat"
03 jan 2021 17:29
Yangiliklar


Sulsher: "Yarim finalga etib kelganimizdan xursandmiz, bu final uchun ajoyib imkoniyat"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Angliya Liga Kubogining 1/2 finali doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yarim finalga chiqqanimizdan xursandmiz. Albatta, bu yarim final - biroq finalga chiqish uchun imkoniyat bor.
O'tgan yili ushbu bosqichdan o'ta olmagandik. Menimcha, o'shandan keyin o'sishga erisha oldik.
Liga haqida gapirishga erta. Mavsum hali uzoq davom etadi. O'rganadigan ko'p narsalar, echilishi kerak bo'lgan muammolar talaygina. Mart yoki aprel oyida holatni muhokama qilsa bo'ladi", - dedi Sulsher.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar