Sulsher: "Yarim finalga yetib kelganimizdan xursandmiz, bu final uchun ajoyib imkoniyat"

Mirjalol Normatov
3 yanv 2020, 17:29
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Angliya Liga Kubogining 1/2 finali doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Yarim finalga chiqqanimizdan xursandmiz. Albatta, bu yarim final - biroq finalga chiqish uchun imkoniyat bor.

O'tgan yili ushbu bosqichdan o'ta olmagandik. Menimcha, o'shandan keyin o'sishga erisha oldik.

Liga haqida gapirishga erta. Mavsum hali uzoq davom etadi. O'rganadigan ko'p narsalar, echilishi kerak bo'lgan muammolar talaygina. Mart yoki aprel oyida holatni muhokama qilsa bo'ladi", - dedi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal