Sulsher: "U MYU asosiy tarkibida tushishga juda yaqin"
19 fev 2021 20:11
Yangiliklar


Sulsher: "U MYU asosiy tarkibida tushishga juda yaqin"
"Manchester Yunayted" klubi Evropa ligasi 1/16 final dastlabki o'yini doirasida "Real Sosedad" ustidan g'alaba (4:0) qozondi.
Bellashuvdan keyin jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher 83-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Amad Diallo haqida fikr bildirdi.
"U asosiy tarkibda maydonga tushishga juda va juda yaqin. Hisob 3:0 bo'lib turganda biz unga debyut 10 daqiqalikdan rohat olishga imkon berdik.
U qachon asosiy tarkibda tushadi? Buni yakshanba kuni "Nyukasl"ga qarshi bellashuvdan keyin hal qilamiz. U o'rinbosarlar tarkibida qator uchrashuvlarni o'tkazdi va yana bir nechta o'yin o'tkazishi lozim. Ko'ramiz, u qancha o'yin amaliyotiga ega bo'larkin", - dedi Sulsher.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar