Sulsher "Sautgempton"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradigan futbolchilarni aytdi
27 noy 2020 23:55
Yangiliklar
Sulsher "Sautgempton"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradigan futbolchilarni aytdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher kadrlar borasidagi yangiliklar haqida gapirdi.
Murabbiyning aytishiga ko'ra, APLning 10-turi doirasida "Sautgempton"ga qarshi o'yin u optimal tarkibni o'ynata olmasligi mumkin.
"Skott Maktominay va Pol Pogba maydonda mashg'ulot qilmadi. SHu sababli ularning yakshanba kungi o'yinda qatnashishi so'roq ostida qolmoqda. Lyuk SHou esa tiklanishni endi boshladi. Karantinni o'tkazgan Lingard umumiy guruhga qo'shildi. Yangi yil bayramidan keyin Fil Jonsni ham tarkibga qaytarishni rejalashtiryapmiz", - dedi Sulsher.
"Sautgempton" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi 29 noyabr kuni 19:00da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar