Sulsher: "Ronalduning qaytishi klubning o'ziga xos yondashuvidan dalolat beradi"

Sherzod Nurmatov
31 avg 2021, 19:45
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher Krishtianu Ronalduning transferi haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Krishtianuni tariflashga so'zlar etarli emas, u nafaqat qoyilmaqom futbolchi, balki ajoyib inson.

Bunchalik yuqori darajada o'ynash istagi va qobiliyati bo'lishi uchun siz boshqalardan ajralib turadigan odam bo'lishingiz kerak.

Hech shubha qilmaymanki, u bundan keyin ham barchamizni hayratda qoldiradi va uning tajribasi tarkibdagi yosh futbolchilar uchun juda muhim bo'ladi.

Ronalduning qaytishi klubning o'ziga xos yondashuvidan dalolat beradi. U hammasini boshlagan uyiga qaytganidan juda xursandman ", – dedi Sulsher.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik "2+1" formulasi bo'yicha shartnoma imzoladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: manutd.com