Sulsher Ronaldu har safar "Manchester Yunayted"ning asosiy tarkibiga kirmasligini aytdi
13 sen 2021 10:37
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/657626_original.jpg)
![](/upload/storage/657626_220.jpg)
Sulsher Ronaldu har safar "Manchester Yunayted"ning asosiy tarkibiga kirmasligini aytdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher Krishtianu Ronalduning doim asosiy tarkibda o'ynashi borasidagi savolga javob berdi.
Eslatib o'tamiz, portugaliyalik forvard Manchester klubiga qaytishidan so'ng ilk o'yinda dubl qayd etdi.
"Krishtianu o'zi haqida juda ham g'amxo'rlik qiladi, shu sabab uning tezda tiklanib ketishini bilardim, shu bilan birga u mavsumoldi mashg'ulotlarni ham o'tkazgan.
Seshanba kuni "Yang Boyz" bilan o'yin o'tkazamiz. Ko'ramiz, qanday yo'l tutarkanmiz. Ammo, Ronalduni tarkibga kiritmaslik imkonsiz ish emas. U 36 yoshda, Grinvud - 19. Bu erda menga farqi yo'q. Men ikkisiga ham daqiqalarni bo'lib berishim kerak", - deydi Sulsher.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar