Sulsher Reshfordni Ronaldu bilan tenglashtirdi
11 dek 2019 16:33
Yangiliklar


Sulsher Reshfordni Ronaldu bilan tenglashtirdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoa hujumchisi Markus Reshfordning maqtadi va uni "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronalduga tenglashtirdi.
"Ha, bu ikkisini tenglashtirish oson. Ularning har ikkisi ham yaxshi texnika, fizika, tayyorgarlik va uquvga ega. Bu yigitda dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'lish uchun barcha imkoniyatlar bor. Umid qilamiz, Reshford mana shunday ruxda davom etadi.
Men gollarning soni haqida gapirishni xohlamayman. U yuqori tayyorgarlikni saqlab qolsa, darvozani nishonga olishda va imkoniyatlarga ega bo'lishda davom etadi. U gollar uradi", - dedi Sulsher.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar