Sulsher Refshordni maqtadi
19 dek 2019 19:55
Yangiliklar
Sulsher Refshordni maqtadi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoadagi holat haqida gapirdi.
"Futbolchilar doimo o'z ustilarida ishlashmoqda. Markusga dam berishni istagandim. Biroq u buni istamadi va o'yinga tushdi.
O'yindan ikki kun o'tib, yani, keyingi bahsdan oldingi kun ham futbolchilar yuqori yuklamalarni olishga tayyorlar. Bu albatta, o'z natijalarini beradi va jamoa kuchayib boraveradi.
Tarkibimiz fantastik darajada. Barcha o'z ishiga sidqidillik bilan kirishgan, raqobat yuqori va o'z sheriklarini qo'llab-quvvatlashadi. G'alabalar esa futbolchilarga doimo ishonch va kayfiyat taqdim qiladi.
Yigitlarning kayfiyati alo darajada va "Uotford"ga qarshi o'yinni intiqlik bilan kutyapmiz", - dedi Sulsher.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar