Sulsher: "Raqib posboni ajoyib o'yin ko'rsatdi"
25 okt 2020 00:51
Yangiliklar
Sulsher: "Raqib posboni ajoyib o'yin ko'rsatdi"
"CHelsi"ga qarshi o'yindan keyin "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Maydonda ikki yuqori sifatli jamoa o'ynadi, tomonlarning himoyachilari ham ajoyib o'yin ko'rsatdi. Raqib posboni ikki marta Markusning zarbasini qaytardi. Umuman olganda teng o'yin bo'ldi, MYU ham "CHelsi" ham yutib ketishi mumkin edi.
PSJni o'tgan safar mag'lub etganimizdan keyin 12 o'yin davomida g'alaba nimaligini bilmagandik. Umid qilamanki, bu safar unday bo'lmaydi. Har holda, bugun yigitlar yomon o'yin ko'rsatmadi.
Van de Bekka hali juda ko'p imkon beriladi. Bu erdan turib, gapirish oson. U hali siz kutganingizdan ko'proq o'ynaydi", - dedi Sulsher.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar