Sulsher: “Quruq” o'yinlarning ko'pligi MYUda rivojlanish borligini ko'rsatadi”
09 mar 2020 08:02
Yangiliklar


Sulsher: “Quruq” o'yinlarning ko'pligi MYUda rivojlanish borligini ko'rsatadi”
MYU bosh murabbiyi “Man Siti” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Quruq” o'yinlarning ko'pligi MYUda rivojlanish borligini ko'rsatadi. Yanada yaxshi bo'lib boryapmiz. Uilyams hamda Uan-Bissaka bilan qanotlarda biz tajovuzkor ko'rinyapmiz. “Siti” to'p bilan yaxshi o'yin ko'rsatdi, ammo biz ularni qo'rqishga majbur qila oldik. Yaxshiroq bo'lib borayotganimizni his qilmoqdamiz. Ammo shunda bo'lsa-da, jamoa hamon 5-o'rinda. “CHelsi” va “Lester”ga etib olish uchun bizga ochkolar kerak. To'xtab qolmaslik shart”, — deydi Sulsher.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar