Sulsher Pogba va Lukakuning jamoadan ketishi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritdi
11 iyu 2019 00:20
Yangiliklar


Sulsher Pogba va Lukakuning jamoadan ketishi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritdi
MYU ustozi Ole-Gunnar Sulsher klub yarim himoyachisi Pol Pogba va hujumchi Romelu Lukakuning jamoadan ketishi haqidagi malumotlarga munosabat bildirdi.
Avvalroq, Pol Pogbaning «Yuventus»ga qaytishi yoki «Real»ga o'tishi hamda Romelu Lukakuning «Inter» bilan muzokaralar o'tkazayotgani haqidagi xabarlar tarqalgandi.
«Futbolchilarimiz haqida va ularning rejalari to'g'risida ko'p bor suhbat o'tkazganmiz. Bu men uchun oddiy biznes. Men Pol bilan ham Romelu bilan ham gaplashdim. Menga malum bo'lishicha, hozirda hech qaysi futbolchimizga boshqa jamoa tomonidan taklif kelib tushmagan. Pol esa xuddi boshqa o'yinchilar kabi klub bilan uzoq yillik shartnomaga ega hisoblanadi» – deya qayd etgan Sulsher.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar