Sulsher: "Pogba hali ham MYUda to'p tepmoqchi"
04 avg 2019 08:36
Yangiliklar


Sulsher: "Pogba hali ham MYUda to'p tepmoqchi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsherning tasdiqlashicha, Pogbaning Xalqaro CHempionlar kubogi musobaqasida "Milan"ga qarshi bahsda qaydnomadan joy olmaganligi uning jarohati bilan bog'liq.
Murabbiyningi ishonishicha, francuz yarim himoyachisi yangi mavsumni ham "qizil iblislar" tarkibida o'tkazadi.
"Pogba keyingi haftada mashg'ulotlarga qaytadi. Uning jarohati u qadar jiddiy emas, shunchaki oyog'ida og'riq bor. Men tavakkal qilishni istamadim va uni qaydnomaga kiritmadik. Pogba hali hamon MYUda to'p tepishni istayotganligi haqida menda hech qanday shubha yo'q", deya Sulsherning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.
Ilgariroq Pogba o'zi bilan bog'liq vaziyatdan norozi ekanligi va hali hamon "Real"ga o'tish niyatida ekanligi haqida xabarlar chiqqandi. Aynan shu sabab "qizil iblislar" murabbiylar shtabi "Milan"ga qarshi bahsda Pogbaning xizmatlaridan foydalanmaslikka qaror qilgan, deya taxmin qilingandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar