Sulsher: “Pogba – dunyoning eng zo'r yarim himoyachisi”
25 dek 2019 00:50
Yangiliklar
Sulsher: “Pogba – dunyoning eng zo'r yarim himoyachisi”
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher APL 19-turi doirasida “Nyukasl”ga qarshi bahs oldidan jamoasining franciyalik yarim himoyachisi Pol Pogba haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
“Pogba o'ynaydimi? Ko'ramiz, o' o'zini qanday his etarkan... U istalgan poziciyada to'p tepishi mumkin. Hammasi o'yinga tanlangan taktika va jamoaning o'yiniga bog'liq. Pogbaning ustunlik tomoniyam shunda: u dunyodagi eng yaxshi yarim himoyachisi, u maydonda istalgan vazifani bajarishi mumkin. Uning safga qaytgani biz uchun juda yaxshi bo'ldi, deya Sulsherning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.
APL 19-turidan o'rin olgan “Manchester Yunayted” – “Nyukasl” uchrashuvi 26 dekabr kuni soat 22:30 da “Old Trafford”da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar