Sulsher olti nafar futbolchiga qiziqish bildiryapti
09 jan 2020 23:52
Yangiliklar
Sulsher olti nafar futbolchiga qiziqish bildiryapti
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher qishki transfer mavsumidan unumli foydalanib, jamoani sezilarli ravishda kuchaytirmoqchi.
"The Times" nashri xabariga ko'ra, 46 yoshli norvegiyalik mutaxassis olti nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzolash niyatida. O'yinchilarning kimlar ekanligi oshkor qilinmagan. Takidlash lozimki, "Yunayted" birdaniga 6 ta transferni amalga oshirish ehtimoli juda past.
Bunga qadar MYU Donni van de Bek ("Ayaks"), Jeydon Sancho ("Borussiya" Dortmund), Arturo Vidal ("Barselona") va boshqa futbolchilarga qiziqish bildirayotgani haqida malumotlar tarqalgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar