Sulsher MYU uchun yagona ijobiy jihat haqida gapirdi
13 may 2019 12:16
Yangiliklar


Sulsher MYU uchun yagona ijobiy jihat haqida gapirdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher ortda qolgan mavsum yakuni haqida gapirdi.
Mankunianliklar APLda oltinchi o'rinni egallashdi.
"Oxirgi ikki oy jamoa, o'yinchilar va klub uchun juda og'ir bo'ldi. Yagona ijobiy jihat - mavsum yakunlandi.
APLda minimal vazifamiz top-4ga kirish bo'ladi. Bundan tashqari, Evropa ligasi, Angliya kubogi va Liga kubogida g'olib bo'lish uchun kurashamiz. CHunki, MYU ko'p vaqt sovrinlarsiz qola olmaydi.
Joze Evropa ligasini yutgan, shunday ekan bu biz uchun imkoni bor narsa", - dedi Sulsher.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar