Sulsher MYU uchun yagona ijobiy jihat haqida gapirdi

Tolibjon Qosimov
13 may 2019, 12:16
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher ortda qolgan mavsum yakuni haqida gapirdi.

Mankunianliklar APLda oltinchi o'rinni egallashdi.

"Oxirgi ikki oy jamoa, o'yinchilar va klub uchun juda og'ir bo'ldi. Yagona ijobiy jihat - mavsum yakunlandi.

APLda minimal vazifamiz top-4ga kirish bo'ladi. Bundan tashqari, Yevropa ligasi, Angliya kubogi va Liga kubogida g'olib bo'lish uchun kurashamiz. Chunki, MYU ko'p vaqt sovrinlarsiz qola olmaydi.

Joze Yevropa ligasini yutgan, shunday ekan bu biz uchun imkoni bor narsa", - dedi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: bbc.com