Sulsher: "MYU bir yoki ikki transferni amalga oshirmoqchi"
05 iyu 2019 21:14
Yangiliklar


Sulsher: "MYU bir yoki ikki transferni amalga oshirmoqchi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher klubning transfer kampaniyasi haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.
- MYU ikki xaridni amalga oshirdi. Yozda yana biror futbolchi sotib olinadimi?
- Bu qisqa va uzoq muddatli loyiha. Biz ayni damda faqat uch yildan keyin nima bo'lishi haqida o'ylay olmaymiz, shu sababli qisqa muddatli maqsadlarimiz ham bor.
Bozorda xotirjam harakat qilyapmiz, xodimlar yaxshi ishlashmoqda. Bir yoki ikkita transferni amalga oshirishimiz mumkin.
Jamoani kuchaytirishni istaymiz. Butun yoz Joeel (Gleyzer, MYU egasi), Ed (Vudvorj, ijrochi direktor) va futbolchi izlaydigan mutaxassislar bilan suhbatlashdim.
Yana bir nechta xaridlar bo'ladi" - deydi Sulsher.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar