Sulsher MYU bilan shartnomasini uzaytirishi kutilmoqda
25 mar 2021 22:55
Yangiliklar
Sulsher MYU bilan shartnomasini uzaytirishi kutilmoqda
"Manchester Yunayted" bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsher bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.
"ESPN" xabariga ko'ra, klubdagilar mutaxassis qo'l ostidagi jamoaning natijalaridan mamnun. MYU ushbu mavsumda sovrin qo'lga kirita olmagan taqdirda ham Sulsher istefoga chiqarilmaydi.
48 yoshli mutaxassis bilan shartnoma 2022 yilning yoziga qadar davom etadi. U 2018/19 yilgi mavsum yarmida jamoa boshqaruvini qo'liga olgandi.
Fikrlar