Sulsher "Manchester Yunayted"dagi kelajagi haqida gapirdi
16 fev 2021 16:51
Yangiliklar


Sulsher "Manchester Yunayted"dagi kelajagi haqida gapirdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher manchesterliklar jamoasidagi kelajagi haqida gapirdi.
"Men bu haqda o'yladim, ammo muzokaralar hali bo'lmadi. Hozir mening barcha diqqatim jamoaning joriy mavsumdagi ishtirokiga qaratilgan. Biz barqaror ishtirok etishimiz kerak.
Qachonki muvaffaqiyatsizlikka duch kelsak, birdan inqiroz haqida gap ketadi. Bizni tez-tez tanqid qilishmoqda, ammo men strategiyani belgilab oldim, shu sabab o'zimga va jamoaga ishonaman", - deydi Sulsher.
Sulsherning "qizil iblislar" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar