Sulsher Maguayrning finalgacha safga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi
23 may 2021 15:31
Yangiliklar
Sulsher Maguayrning finalgacha safga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher matbuot anjumanida jamoa sardori Garri Maguayrning Evropa ligasi finaliga tayyor bo'lishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Ahmoq va ahmoqlar" kinosidagi Jim Kerriga o'xshayman. Kinoda u: "Huddi bizda imkoniyat bordek gapiryapsan", deydi. Biz hali ham Garrining safga qaytishini kutyapmiz va vaqt o'tgan sayin umidlarimiz so'nib bormoqda", - dedi Sulsher.
"Manchester Yunayted" va "Vilyarreal" jamoalari o'rtasidagi Evropa ligasi finali 26 may kuni Gdanskda bo'lib o'tadi.
Fikrlar