Sulsher: "Kavani va Marsyal jarohat olgan ko'rinadi"
06 dek 2020 11:45
Yangiliklar


Sulsher: "Kavani va Marsyal jarohat olgan ko'rinadi"
"Vest Xem"ga qarshi o'yindan keyin "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher tarkibdagi o'zgarishlar haqida gapirdi.
"Kavani va Marsyalning almashtirilishi? Jarohat. Futbolchilar mushagidan ko'plab jarohatlar orttirib olishi juda achinarli. Umid qilamanki, bu unchalik xavfli emas.
Brununing zaxiradan tushirilishi? Bugun ko'rganingizdek, unga 45 daqiqa etarli bo'ldi.
Yo'q, Fred jarohat olmagan. Mavsum juda uzoq davom etadi. SHu sababli futbolchilarni asrash kerak. Bugun Pol, Skott va Nemanyaning bo'yidan foydalanishim kerak edi, shu sababli bugun ularni qaydnomaga kiritdim", - dedi Sulsher.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar