Sulsher "ha" demoqda, rahbariyat esa "yo'q"
19 may 2019 13:27
Yangiliklar


Sulsher "ha" demoqda, rahbariyat esa "yo'q"
"Manchester Yunayted" rahbariyati yarim himoyachi Pol Pogbani sotib yubormoqchi emas.
"The Sun" xabariga ko'ra, klub ijrochi direktori Ed Vudvord bunday darajali futbolchini sotib yuborish jamoaga zarar keltiradi deb hisoblagan.
O'z navbatida, MYU bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher franciyalikning 120 million evro evaziga "Real"ga o'tishiga rozilik bergan. Norvegiyalik mutaxassis ushbu futbolchi jamoani ortga tortmoqda deb hisoblamoqda.
Ayni damda Pogbaning ketishidan ko'ra, qolish extimoli yuqori bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar