Sulsher - Diallo haqida: "Evropaning eng iqtidorli yoshlaridan biri"
08 jan 2021 00:10
Yangiliklar


Sulsher - Diallo haqida: "Evropaning eng iqtidorli yoshlaridan biri"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher "Atalanta"dan transfer qilingan 18 yoshli Amad Diallo haqida gapirdi.
"Klubimiz Amadni bir necha yildan buyon kuzatib borayotgandi. Uning o'yinlarini ko'p bora ko'rdim va shunga amin bo'ldimki, u Evropaning eng yaxshi, iqtidorli yosh futbolchilaridan biri.
"Manchester Yunayted" shunday futbolchilarni rivojlantirayotganidan xursand. Amad o'zini ko'rsata olishi uchun bu erda barcha imkoniyatlar mavjud.
Unga moslashish uchun vaqt kerak. Uning tezligi, driblingi, maydonni ko'ra olishi buni tezlashtira oladi. Amadda "Manchester Yunayted"ning asosiy futbolchisi bo'lishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud", - dedi murabbiy.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar