Sulsher derbi oldidan: “U yoki bu rekord yangilanadi”
06 mar 2021 00:25
Yangiliklar


Sulsher derbi oldidan: “U yoki bu rekord yangilanadi”
“Qizil iblislar” ustozi Ole-Gunnar Sulsher APL 27-turidan o'rin olgan 7 mart kungi “Manchester Siti”ga qarshi bahs oldidan o'z fikrlarini bo'lishdi.
“Bu haqda (katta farq) o'ylamayapman. Men faqat klubimizdagi voqealarni nazorat qilolaman.
“Siti”dan farqimiz etarlicha. Hozirda ular bizdan oldinda turgan yagona jamoadir. SHu tufayli ochko tortib olib, ularga yaqinlashib olmoqchimiz.
Ayni vaqti “Manchester Siti” fantastik davrni o'tkazmoqda. Ajoyib forma, 21 g'alaba. Bizda esa APL doirasida safardagi mag'lubiyatsiz 21 o'yin bor. SHunday ekan rekordlardan biri yangilanadi. Ko'ramiz, nima bo'lar ekan”, deydi Sulsher.
Manchester City |
Premier League . 27-tur 07/03/2021, 21:30 2
:
0
Tugadi
|
Manchester United Bruno Fernandes - 2', Luke Shaw - 50' |
Stadion: Etihad Stadium, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Anthony Taylor
45'
90'
O’xshash yangiliklar

Fikrlar