Sulsher: “Bu MYUning eng yomon o'yini edi”
17 mar 2019 09:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/483786_original.jpg)
![](/upload/storage/483786_220.jpg)
Sulsher: “Bu MYUning eng yomon o'yini edi”
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Angliya kubogi ¼ finalida “Vulverxempton”dan (1:2) uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi.
“Biz bellashuvni juda sekin boshladik. To'pni o'z nazoratimizda saqlay olmadik, tezkor hujumlar uyushtirishga qiynaldik. O'ylashimcha, aynan shu jihatlar bizga etishmadi. Biz garchi birinchi bo'limda yaxshiroq o'ynagan bo'lsakda, to'pni yo'qotishimiz bilan qarshi hujumlarni o'tkazib yubordik.
Bizda g'alabalar seriyasi mavjud edi, endi esa ketma-ket ikkinchi mag'lubiyat. “Arsenal” bilan o'yinda shunchaki gol urolmagandik, bugun esa yomon o'ynadik. Bu eng yomon o'yinimiz bo'ldi”, dedi Sulsher.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar