Sulsher Brununing penaltini noaniq amalga oshirishida "Aston Villa" futbolchilarini aybladi
25 sen 2021 22:59
Yangiliklar
Sulsher Brununing penaltini noaniq amalga oshirishida "Aston Villa" futbolchilarini aybladi
"Manchester Yunayted" "Aston Villa"ga imkoniyatni boy berdi.
"Qizil iblislar" ustozi Ole-Gunnar Sulsher ushbu o'yinda "Aston Villa" o'yinchilarining o'zini tutishlaridan norozi bo'ldi.
"Aston Villa" o'yinchilari so'nggi daqiqadagi penalti qo'yilganda hakam va Brunu Fernandeshni o'rab olib, qarorga bo'lgan noroziliklarini namoyish qilishgandi. Portugaliyalik futbolchi esa, shundan so'ng penaltini aniq amalga oshira olmadi.
"Menga ularning o'zlarini tutishlari yoqmadi. Futbolchilar hakamni, Brununi o'rab olishdi va futbolchiga tasir o'tkazishga harakat qilishdi. Bu aniq ish berdi. Bunday holatlarni ko'rish achinarli.
Brunu - penaltishunos. Afsuski, bu safar o'xshamadi. U ruhan juda kuchli va bunday holatni tezda unutadi", -deydi Ole-Gunnar Sulsher.
Fikrlar