So’nggi yangiliklar

01:56Лига 1. ПСЖ "Ренн"га қийинчиликсиз мағлуб этди, Барколадан дубль  0 01:43А Серия. "Милан" "Лечче"га қарши ўйинда 5 дақиқа ичида 3та гол урди ва ғалабага эришди  1 01:28"Барселона" яхши таклиф олса, Араухони сотиши мумкин. Клуб ва ҳимоячи "совуқ уруш" ҳолатида  0 01:20Суперлига. "Сивасспор" ўз уйида мағлуб бўлди, Турғунбоев захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этди  0 01:03БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" "Бани Яс" билан дуранг ўйнади, Эркиновдан ассист  1 00:51Европанинг тўрт гранди 150 млн евролик Вирц учун даъвогарлик қилмоқда  2 00:16Миржалол Қосимов: "Чемпионлик масаласи ҳалми? Мўжиза бўлмайди дейишади, аммо ҳамма нарса рўй бериши мумкин"  2 23:43Александр Крестинин: "Иккала жамоа ҳам биттадан гол урди, лекин ОКМК ғалаба қозонди"  2 23:22"Локомотив" баёнот билан чиқди  1 22:30"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини "Жар" стадионида ўтказилади  11 22:05Абдесаммад Муҳаммад: "Франция ўз тарихида биринчи маротаба мундиалда иштирок этмоқда, аммо бизда қўрқув йўқ"  0 21:36Таиланд терма жамоаси аъзоси: "Франциялик футзалчилар бақувватроқ ва гавдаси йирикроқ эди"  0 21:36Футзал бўйича ЖЧ. Ўзбекистонлик Анатолий Рубаков бош ҳакамлик қилган ўйинда Аргентина Хорватияни ютди ва энди чорак финалда Қозоғистонга рақиблик қилади  0 21:26ҚПЛ. "Ордабаси" ўз уйида "Турон"ни қийинчиликсиз мағлуб этди. Яхшибоев ва Умаров эса...  0 21:10Сўнгги дақиқалардаги қизил карточка ва бекор қилинган гол: ОКМК "Локомотив"ни мағлуб этди   31

“Sukunat”. O'FA mutasaddilariga murojaat Yangiliklar

“Sukunat”. O'FA mutasaddilariga murojaat

O'zbek futbolining taqdiri uchun muhim sanalgan kunlar sukunat ostida o'tmoqda.

Xabaringiz bor, 28 noyabr kuni O'FA matbuot xizmati tashkilot Etika qo'mitasi tomonidan qabul qilingan 04/2020, 05/2020 – sonli qarorlarni elon qildi — Jasur Muxtorov, Asker Nadjafaliev va Temur To'xtasinov jazoga tortildi (aniqrog'i, jazolanganlar orasida faqat shularning nomi ommaga oshkor qilindi va urg'u “sotilgan” hakamlarga qaratildi).

Ushbu bayonot bizda norizolik hissini uyg'otdi va shaxsiy qarashlarimizni maqola shaklida etiboringizga havola qildik.

O'zbek futbolining adolatga allergiyasi bormi?

O'sha materialning oxirida Etika qo'mitasining matbuot uchun yopiqligi qoralangan, “Kalchopoli” voqeasi misol sifatida keltirilgan edi. SHundan keyin ular bilan suhbat qilib, poziciyasini bilib olish fikri tug'ildi. Ammo, masul tomon sukut saqlab keldi va  bu ish hozircha uddalanmagan vazifalar ro'yxatini boyitib turadigan bo'ldi. SHu o'rinda O'FA mutasaddilariga 2 dona savol bilan murojaat qilmoqchimiz.

1.    “Hakamlarni futboldan chetlatib, buyurtmachilarni jarimaga tortish bilan cheklangan “sirli qo'mita” tarkibi kimlardan iborat?

Yuqorida aytilganidek, O'FA Etika qo'mitasining tarkibi bilan qiziqdik. Bunday malumotni ommaga oshkor qilish O'FA matbuot xizmatining vakolatlari doirasiga kirmas ekan. Tashkilot yuristi bilan bog'lanib, javob ola bilmadik. Qiziq, fitna nazariyasida dunyoni boshqarishi aytiladigan Masonlar maxfiy tashkilotining tarkibi ham ortiq sir bo'lmay qolgan davrda Etika qo'mitasidagilar shaxsini yashirish nega kerak ekan?

Ehtimol, ularning asosli sababi bordir. Lekin, shu haqda qaysidir rasmiy hujjatda yozilgan bo'lishi kerak-ku. Balki, shunday hujjat ham bordir. Biroq, uni qaerdan topamiz? SHu savolga kimdir javob bera oladimi?

To'g'ri, tashkilot rasmiy saytida meyoriy hujjatlar degan bo'lim bor, unda bir qator hujjatlarning nomlari ham yozilgan.

 

SHu hujjatlardan biriga kirishni istasangiz, quyidagi holatga duch kelasiz.

 

2.    Nega qo'mitaning faoliyati haqida malumotlar etarli emas?

SHu o'rinda birinchi savol o'z-o'zidan keyingilarini keltirib chiqardi. Etika qo'mitasi qachon, qanday faoliyat yuritadi? Ularning faoliyati nega matbuot orqali yoritilmaydi? 

Masalan, hakamlar chetlatilishini olaylik. O'FA matbuot xizmati faqat yakuniy qarorni elon qildi, voqealar rivojidan bexabarmiz. Bilganimiz shu: bir qator kishilar jazolangan, ulardan faqat 3 nafarining shaxsi ochiqlandi. Asosiy malumotlar ommadan yashirilmoqda, nega?

Bizga nomalum odamlar bugun katta sahnada. Mana shu “sirli qo'mita” bugun futbolimiz kelajagini hal qilyapti. O'zbek futbolidagi eng katta illatni fosh qilish, jazolash borasida amaliy ishlarni bajarish ularning zimmasiga yuklangan. Bizningcha, mazkur qo'mita to'g'ri faoliyat yuritishi uchun ularning ustidan jamoatchilik nazoratini o'rnatish kerak.  

Hech kim xatolardan kafolatlanmagan. SHunday ekan, Etika qo'mitasi faoliyatida oshkoralikka amal qilinishi kerak. Agar sizga adolat, shaffoflik kerak bo'lsa, “sirli qo'mita” ustidan jamoatchilik nazorati o'rnatish uchun sharoit yaratib bering, ular OAVga ochilsin. Bizda tashkilotning qarorlari yuzasidan savollar ko'payib ketdi, lekin kimning manziliga yo'llashni bilmayapmiz. Yana bir karra iltimos qilamiz: parda ortidagi kishilar OAV uchun ochilsin, futbol taqdiri to'g'ri qo'llarda ekaniga ishonch hosil qilaylik!

Faxriddin Ro'ziev, O'zJOKU talabasi

Muallif :
Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика