Rasman: O'zFHM Ravshan Abduvohidovni jiddiy jazoladi

22 avg 2026, 19:18
O'zFHM shov-shuvli "Paxtakor" - "Surxon" o'yini hakamini jazoladi.

“Superliganing 18-turidan o'rin olgan “Paxtakor” – “Surxon” uchrashuvida yuzaga kelgan bahsli vaziyatda VAR hakamlik jarayonida yo'l qo'yilgan xato yuzasidan Hakamlar qo'mitasi tomonidan qaror qabul qilindi.

Hakamlar qo'mitasi qaroriga asosan, mazkur uchrashuv VAR hakami Ravshan Abduvohidov Superliganing 2026-yilgi mavsumi yakuniga qadar bosh hakam va VAR hakami sifatida hakamlik qilishdan chetlatildi”, - deyiladi bayonotda.

O'xshash yangiliklar


Manba: UzFHM