So’nggi yangiliklar

20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  0 19:502024 йил ёзининг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Мавсум улар учун қандай ўтди?   0 19:22"Тоттенхэм" "Арсенал"ни майдон марказидан урилган гол эвазига ютди  0 18:59"Барселона" "Сеул"ни "хоккейча" ҳисобда мағлуб этди  9 18:42А Сериянинг икки гранди "Арсенал" аъзоси учун курашга қўшилди  0 18:14Марлен Чобанов легионерга айланди  0 17:55​"Андижон" легионер ҳимоячиси билан хайрлашди  2 17:32Исак "Реал Сосьедад" базасида шуғулланмоқда  2 17:04Аббос Файзуллаев: "ЦСКА туфайли Ўзбекистон термасида ўз ўрнимга эга бўлдим. Энди "Истанбул Башакшеҳир"га чемпионатда олдинга қадам ташлашида ёрдам бермоқчиман"  3 16:37ЦСКА ҳимоячиси: "Аббосга келажакда ўзи хоҳлаган лигада ўйнашини тилайман"  4 16:09Доннарумма АПЛ топ-клублари билан музокаралар олиб бормаяпти  2 15:41Нойер Тер Штеген билан боғлиқ вазият туфайли Германия терма жамоасига қайтишга тайёр  4 15:14Саудия Арабистони клублари Левандовскини сотиб олмоқчи  3 14:52"Андижон" янги легионерини Суперлига учун рўйхатдан ўтказа олмади  7 14:42Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Тошкентда Қозоғистон билан беллашади  2

Suhrob Nematov: "Buxoro" bilan og'zaki kelishuvga erishganman" Yangiliklar

Suhrob Nematov: "Buxoro" bilan og'zaki kelishuvga erishganman"

Buxorolik taniqli futbolchi Suhrob Nematov bir necha yillik tanaffusdan so'ng yana qadrdon jamoasiga qaytdi.
Oxirgi yillarda "Nasaf"ning zaxira o'yinchisiga aylanib qolgan Nematov bu yil jamoasini o'zgartirishga qaror qildi va "Buxorog"a qaytish imkoniyati tug'ilgach, uni rad etmadi. Yaqinda ushbu futbolchi bilan suhbatlashdik.

- Suhrob, "Nasaf" mamlakatimizning grand klublaridan biri bo'lishiga qaramay jamoani tark etishga qaror qildingiz. Aftidan bu sizning oxirgi paytlarda zaxirada qolib ketayotganingiz bilan bog'liq bo'lsa kerak. SHundaymi?
- Ha, albatta men Qarshi jamoasida ko'p vaqtimni zaxirada o'tkazdim. Bunda biror kimni ayblash noo'rin. Lekin har bir futbolchi ko'proq o'ynashga intilgani kabi men ham etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istadim. SHuning uchun "Nasaf" bilan xayrlashishga qaror qildim.

- "Ajdarlar" rahbariyati ketishingizga qarshilik qilmadimi?
- Amaldagi shartnomam o'z kuchini yo'qotgandi. Lekin shunga qaramay ular meni yana jamoada olib qolish uchun, yangi shartnoma taklif etishdi. SHunda men bosh murabbiy Ro'ziqul aka Berdiev bilan gaplashib, bu yil o'zimni boshqa jamoada sinab ko'rishni xohlayotganimni aytdim. U kishi mening istagimni inobatga oldi va ketishimga qarshilik qilmadi. SHu tariqa Nasaf bilan do'stona xayrlashdim. Jamoaning keyingi faoliyatiga omad tilayman.

- Ayni paytda "Buxoro" yig'inidasiz. Nima uchun aynan bu klubni tanladingiz?

- Yashirmayman, oldimda bundan boshqa variantlar ham bor edi. Lekin men uyimga yaqinroq joyda o'ynashni maqul ko'rdim. Qolaversa Buxoroning taklifi jiddiy edi.

- Jamoa bilan bitim imzoladingizmi?   
- Hozircha rasmiy ravishda shartnomaga imzo chekilgani yo'q. Rahbariyat bilan og'zaki kelishuvga erishganmiz. Nasib qilsa bu yil Buxoro uchun o'ynayman.

- Jamoangizning mavsumga ko'rayotgan hozirlik ishlari to'g'risida nima deysiz?

- Ayni paytda Toshkentdamiz. Kuniga ikki mahal, bazida bir mahaldan mashg'ulot o'tkazilmoqda. Ob-havoning noqulayligi natijasida rejadagi bir nechta sinov-o'yinlari bekor qilindi. Nasib qilsa endi fevral oyining o'rtalarida Turkiyaga jo'nab ketamiz. U erda ko'ngildagidek yig'in o'tkazish uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan.

- Edgar Gess haqida qanday fikrdasiz? U bilan ishlash sizga yoqyaptimi?
- Nima desam bo'ladi, Edgar Yakovlevich qattiqqo'l va talabchan murabbiylar toifasiga kiradi. Uning o'tkazayotgan mashg'ulotlari ham asosan jismoniy tayyorgarlik borasida bo'ladi.

- Bir necha yildan so'ng yana Buxoroga qaytib qanday o'zgarishlarni ko'rdingiz?

- Aytarli hech narsa o'zgarmagan. Faqat bu borada bosh murabbiy o'zgarganini yangilik deb aytish mumkin. SHuningdek tarkibda ham yangilar paydo bo'lmoqda.

- Sir emaski, oxirgi yillarda "Buxoro"da murabbiylarning tez-tez almashinuvi yuz bermoqda. SHaxsan siz murabbiylarning ko'nimsizligini nima bilan izohlagan bo'lardingiz?
- CHindan ham shunday. Lekin bu savolingizga javob bergani qiynalaman. Murabbiyning o'zgarishi ko'pincha jamoa qayd etadigan natijaga bog'liq bo'ladi. Ochig'i, buni rahbariyatdan so'rash kerak.


Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика