Suhrob Berdievning oyog'i operaciya qilindi
04 noy 2020 12:55
Yangiliklar
Suhrob Berdievning oyog'i operaciya qilindi
SHifokorlarning so'nggi xulosalaridan ko'ra Berdiev jarrohlik stoliga yotishiga to'g'ri keldi. Toshkentdagi ortopediya va travmatologiya ilmiy tekshirish institutida o'tkazilgan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli tarzda yakunlandi.
Bir necha daqiqa oldin Suhrob Berdiev bilan video aloqa tarzida gaplashganimizda, Suhrob Berdiev o'zini yaxshi his qilayotganini, hozirda ahvoli yaxshi ekanligini takidlab o'tdi. SHuningdek Berdiev uning uchun xavotir olib, qayg'urgan barcha insonlarga, jamoa rahbariyati, murabbiylar, futbolchilar hamda muxlislarga o'zining minnatdorchiligini etkazib qo'yishimizni iltimos qildi.
SHifokorlarning takidlashlaricha Berdievning operaciyasi yaxshi o'tgan va u yana oyoqqa turib futbol muxlislarini o'zining chiroyli o'yinlari bilan xursand qila oladi. Faqat buning uchun malum muddat talab qilinadi. U muddat esa taxminan 6-7 haftani tashkil qiladi.
Suhrob Berdievga yaratgandan shifo so'raymiz!
Fikrlar