Suhrob Berdiev: "Juda muhim ochkolarni boy berdik"
03 okt 2016 11:27
Yangiliklar
Suhrob Berdiev: "Juda muhim ochkolarni boy berdik"
Oliy liga 24-tur doirasida bo'lib o'tgan “Qo'qon-1912” – “Navbahor” jamoalari bahsidan keyin qo'qonliklar futbolchisi Suhrob Berdiev o'z fikrlarini quyidagicha bayon qildi.
- “Navbahor”ga qarshi bahsda faqat g'alabani ko'zlab maydonga chiqqan edik. Afsuski o'z xatolarimiz evaziga ko'zlagan maqsadga erisha olmadik. Bundan oldingi turlarda Navoiyda va uyda “Metallurg” bilan ko'rsatgan o'yinimizni bugun ko'rsata olmadik. Nima uchun bunday bo'ldi hayronman, balki haddan tashqari g'alaba qozonishga intilganimiz natijasida xatolar kelib chiqdimi bir nima deya olmayman.
Jamoamizda hamma ahil , barchamizni maqsadimiz turnir jadvalidagi mavqeimizni yaxshilashga qaratilgan. Kechagi o'yinda yo'qotilgan ochkolarni keyingi o'yinlarimizda joyiga qo'yishga harakat qilamiz. O'ylaymanki mavsum so'nggiga qadar ko'zlangan maqsadimizga erishamiz, - dedi Suhrob Berdiev.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar