Suhayl Muhiddin: "Ukrainaga qarshi o'yinga tayyor emasdik"
07 okt 2024 18:07
Yangiliklar
Suhayl Muhiddin: "Ukrainaga qarshi o'yinga tayyor emasdik"
Futzal bo'yicha jahon chempionati 3-o'rin uchun Ukrainaga qarshi o'yindan so'ng (1:7) Franciya terma jamoasi azosi Suhayl Muhiddin saytimizga intervyu berdi.
"Ukrainaga qarshi uchrashuvga etarlicha tayyor emasdik. Yakuniy natija bizni xafa qildi. O'yinimizda samaradorlik etishmadi, shu bois mag'lubiyatga uchradik.
Mag'lubiyatga charchoq ham o'z tasirini o'tkazdi. Biz qo'ldan kelgancha o'ynadik. Kelgusi jahon chempionatida yanada kuchliroq bo'lib qaytishga harakat qilamiz.
Turnir unutilmas taassurot qoldirdi, ayniqsa, debyut o'yinimiz o'zga hissiyot baxshida etdi. Biz uchun yaxshi turnir bo'ldi deya olaman. Umid qilamanki, to'rt yildan keyin hozirgidan yaxshiroq natijaga erishamiz", dedi Muhiddin.

Eslatib o'tamiz, Franciya terma jamoasi jahon chempionatidagi debyutida to'rtinchi o'rinni egalladi.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar