Sud Levandovski ishi bo'yicha qarorni o'z kuchida qoldirdi
05 jan 2023 07:38
Yangiliklar


Sud Levandovski ishi bo'yicha qarorni o'z kuchida qoldirdi
Ispaniya sport sudi "Barselona" futbolchisi Robert Levandovski borasidagi qarorni o'zgartirmaydi.
Tashkilot polshalik hujumchini uchta o'yinga diskvalifikaciya qilgandi.
U "Osasuna"ga qarshi LaLiga o'yinida chetlatilgan edi, keyinroq uning hakamga bo'lgan harakatlari tufayli 3 o'yinlik diskvalifikaciya tayinlangandi.
SHu tariqa, Levandovski LaLiga doirasida "Atletiko" (8 yanvar), "Xetafe" (22 yanvar) va "Jirona"ga (29 yanvar) qarshi bahslarda ishtirok etmaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar