Subotich mavsum oxirigacha safdan chiqdi
10 noy 2013 14:25
Yangiliklar


Subotich mavsum oxirigacha safdan chiqdi
"Borussiya Dortmund" klubi markaziy himoyachisi Nevan Subbotich mavsum so'nggigacha safdan chiqdi deb xabar bermoqda, Sport1.
24 yoshli himoyachining tizza bo'g'imlarida jiddiy jaroxati borligi aniqlandi.
Eslatib o'tamiz, Subbotich Germaniya chempionati 12-tur "Volfsburg"ga qarshi uchrashuv vaqtida raqib xujumchisi Ivica Olich bilan to'qnashuvda jaroxat olgan.
Germaniya chempionatining bu yilgi mavsumida serbiyalik 10 ta uchrashuvda qatnashdi.

Fikrlar