Subotich "Borussiya Dortmund"dan ketganini malum qildi
27 iyu 2016 00:03
Yangiliklar
Subotich "Borussiya Dortmund"dan ketganini malum qildi
Subotich o'zining feysbukdagi sahifasi orqali muxlislarga murojaat qildi.
"Qadrli do'stlar! O'tgan mavsumda men shuni tushunib etdimki, futbolga bo'lgan muhabbatim juda yuqori ekan. Futbol hayotimdagi muhim bir qism. Bu millionlar o'yinini juda sevaman, agarda futbol bo'lmaganida men o'z yo'limni topmagan bo'lardim. Hozir futbol o'ynash uchun ideal sport formadaman va yoshi mham shunga monand. O'zimning imkoniyatlarim va kuchlarimni jamoam o'yinlariga sarflashni istayman. Zaxira o'rindig'ida o'tirib pul ishlashni xohlamayman. Aksincha har doim diqqat markazida bo'lib, o'yinlarim va mehnatlarim orqali pul topishni maqul ko'raman. Umid qilamanki, sizlar meni to'g'ri tushunasizlar! "Borussiya" har doim yuragimning bir burchagida qoladi. Hurmat bilan sizlarning Nevenlaringiz", - deb yozadi Subotich "Borussiya Dortmund" muxlislariga.
Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! SHartlar esa bu erda >>>> TANLOV
Fikrlar