Subisarreta ishlagan paytida "Barselona" transferlar uchun 441,3 mln evro ishlatdi
06 jan 2015 09:13
Yangiliklar


Subisarreta ishlagan paytida "Barselona" transferlar uchun 441,3 mln evro ishlatdi
Andoni Subisarreta "Barselona"dagi sport direktorligi vazifasida yangi futbolchilar xaridi uchun 441,3 mln evro ishlatgan.
Subisarreta klubga 2010 yilda kelgan va kecha, 5 yanvar kuni istefoga chiqarildi. SHu vaqt davomida ko'k-anorranglilar 16 nafar futbolchini sotib olishgan.
2010/11 mavsum: David Vilya (€ 40 mln), Xaver Maskerano (€ 22 mln), Adriano (€ 10 mln), Ibraxim Afellay (€ 3 mln).
2011/12 mavsum: Sesk Fabregas (€ 34 mln), Aleksis Sanches (€ 27 mln), Aleks Song (€ 19 mln), Xordi Alba (€ 14 mln).
2012/13 mavsum: Neymar (€ 115,3 mln - soliqlarni to'lamaganlik uchun tahminiy jarima mablag'lari bilan qo'shib hisoblangan).
2013/14 mavsum: Luis Suares (€ 81 mln), Jeremi Matyo (€ 20 mln), Ivan Rakitich (€ 18 mln), Klaudio Bravo (€ 12 mln), Mark-Andre ter SHtegen (€ 12 mln), Tomas Vermalen (€ 10 mln), Duglas (€ 4,5mln).

Fikrlar