Xavi: "Subimendi – top-futbolchi"
20 may 2023 11:50
Yangiliklar
Xavi: "Subimendi – top-futbolchi"
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi kataloniyaliklar yarim himoyasini qaysi futbolchi kuchaytirishini tushuntirdi.

"Mening fikrimcha, Martin Subimendi – yaxshi tayanch yarim himoyachi, top-futbolchi. U o'yinni o'qiy oladi, to'p bilan va to'psiz tinim bilmaydi. Subimendi "Barselona"da bizga yoqadigan futbol o'ynaydi, bu bizning uslubimiz", – dedi Xavi.
Eslatib o'tamiz, Serxio Buskets yozda "Barselona"ni tark etadi, unga o'rinbosar topish kerak. Xavi doimiy ravishda Martin Subimendini maqtab kelmoqda, ammo uning transferi kataloniyaliklar uchun qimmatlik qiladi. Axir "Real Sosedad" 24 yoshli yarim himoyachi uchun kamida 70 million evro talab qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Барселона" "Овьедо"ни аяб ўтирмади ва Ла Лига пешқадамига айланди
Fikrlar