Suaresning "Atletiko" bilan shartnomasida bitimni yozda bekor qilish bandi bor, ammo u klubda baxtli
16 fev 2021 08:18
Yangiliklar


Suaresning "Atletiko" bilan shartnomasida bitimni yozda bekor qilish bandi bor, ammo u klubda baxtli
"Atletiko" hujumchisi Luis Suares yozda klubdan ketish huquqiga ega.
34 yoshli urugvaylik futbolchining 2022 yilning yoziga qadar davom etadigan shartnomasini 30 iyunga qadar bir tomonlama bekor qilish bo'yicha band bor.
O'tgan yozda bu bitim Suares jamoaga moslasha olmasligi ehtimoli sabab qo'shilgan. Ammo o'yinchini ayni damda barchasi qoniqtirmoqda. U klubdan va jamoadagi ajoyib muhitdan mamnun. U 16ta gol bilan La Ligada etakchilik qilmoqda, jamoasi ham katta ustunlik bilan Ispaniya chempionati jadvalining birinchi o'rnini band etgan.
Oldinroq huddi shunday shartnoma David Vilya bilan ham tuzilgan, ispaniyalik futbolchi 2014 yilda bitim tuzilgan. "Atletiko" chempion bo'lgan va bir mavsumdan so'ng u klubni tark etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar