So’nggi yangiliklar

07:58Нойердан "қутилган" тер Штеген ушбу воқеага мунособат билдирди  0 07:30Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Сурхон"га қарши ўйнайди  8 02:03ЕЧЛ саралаши. Сўнгги плей-офф раунд дастлабки ўйинлари бўлиб ўтди  0 01:11"Барселона"га яна "йўқ" дейишди  0 00:50"Goal" футбол тарихидаги энг омадсиз қиммат трансферлар рейтингини тузди  3 00:20"Ман Сити" ва "Ливерпуль" қизиқаётган футболчини "Манчестер Юнайтед" илиб кетишга яқин  2 23:57Гаскойн: "Тушунмайман, у нега "Реал"га ўтмади?"  4 23:32Неъматилло Қуттибоев: "Учрашувни назорат қилдик, аммо имкониятлардан фойдалана олмадик"  0 23:27Баҳром Ҳайдаров: "Сунъий майдон баҳона бўлиши керак эмас"  0 23:14Дибала Осиёга йўл олмоқда  6 22:54"Манчестер Юнайтед" ёш футболчисини сотиб юборди  1 22:38Бу даҳшат! Россия футболида рекорд қўйилди  3 22:01"Турли мамлакатлардан бўлган ҳакамлар битта вазиятни турлича кўришади". Ҳакамлик бўйича ФИФА инструктори Фарҳод Абдуллаев билан катта интервью  1 21:50Алексей Естафеев: "Биринчи бўлимда ҳушёрликни йўқотиб қўйдик"  1 21:47Анвар Бердиев: "Осон ўтмаган ўйинда ғалабага эришдик"  1

Suares nega hech kimni tishlamay qo'ydi yoxud shartnomalardagi noodatiy bandlar haqida Yangiliklar

Suares nega hech kimni tishlamay qo'ydi yoxud shartnomalardagi noodatiy bandlar haqida

Musiqadan voz kechish, otasi mashg'ulotlarda qatnashishiga ruhsat, pedikyurga taqiq va shartnomadagi yana bir qator g'alati shartlarni kuzatishimiz mumkin zamonaviy futbolda.

Futbol olamida sizni hayratlantiruvchi injiq futbolchilar va uzoqni ko'ra oladigan rahbarlar o'rtasida imzolangan shartnomalar mavjud.

1. “Barselona” futbolchilari o'zlari uchun pedikyur qila olmaydilar

O'z vaqtida kataloniyaliklar safida to'p tepgan Dmitriy CHigrinskiyning aytishicha, Donec “SHaxter” klubidan “Barselona”ga o'tayotganida shartnomaga alohida band qo'shilgan. Unga ko'ra, futbolchi pedikyur (oyoq barmoqlari tirnog'ini olish) qilishi mumkin emas edi. Jamoa futbolchilari pedikyur bo'yicha klub masteriga haftasiga kamida bir marta murojaat qilishlari shart. SHu tariqa, futbolchilar oyoqlariga jarohat etkazishlari va to'pga zarba berganda og'riq bezovta qilmasligi taminlangan.


2. Abel Ernandes kasal bo'lishi mumkin emas

CSKA Vagner Lav va Seydu Dumbiyaga munosib o'rinbosar topish yo'lida Lasina Traore yoki Aaron Olanaredan keyin yozda Abel Ernandesni xarid qildi. Uning nomzodini klub rahbariyatiga Leonid Sluckiyning o'zi taklif qilgan. Ammo “Xall” sobiq ustozi urugvaylik juda ko'p jarohat olishi haqida ham ogohlantirib qo'ygan. Armiyachilar rahbariyati buni hisobga olib shartnomaga alohida band qo'shishdi: agar futbolchi yaqin yarim yil ichida jiddiy jarohat olsa, CSKA hech qanday kompensaciya pullarisiz kelishuvni bekor qilishi mumkin edi. Abel sentyabr oyidayoq “Ufa”ga qarshi o'yinda jarohat oldi, lekin klub forvardga yana bir imkon berishga qaror qildi va shartnomani bekor qilmadi.

3. Suares nega hech kimni tishlamay qo'ydi, bilasizmi?

Futbolchilar Luis Suaresdan qo'rqmasalar ham bo'ladi, chog'i. Ishonish mushkul, ammo forvard raqiblarini 8 marta tishlab olgan. Oxirgisi va shov-shuvlarga sabab bo'lgani JCH-2014da Italiyaga qarshi bahs edi. O'sha paytda urugvaylik Jorjo Kellinini ayab o'tirmagandi. Bu harakati uchun Suaresni 4 oy futboldan chetlatishdi. SHunday bo'lsa-da, “Barsa” undan voz kechmadi. “Liverpul” o'zining 81 mln evrosini oldi, Luis esa odamlarni faqatgina Xellouin bayrami kuni va graf Drakula kiyimida tishlashga vada berib, shartnomaga imzo chekdi.

4. Mbappening otasi PSJ mashg'ulotlarini bevosita kuzatishi mumkin

Kilian Mbappe “Monako”dan transferi vaqtida futbolchi oilasi va PSJ o'rtasidagi muzokara  uzoq davom etgan. Yosh iqtidor sohibining otasi bir nechta shart qo'yadi: agar Mbappe “Oltin to'p”ga ega chiqsa, maoshning 30 mln evrogacha oshirilishi; “Bondi” (Kilian futbol sirlarini o'rgangan ilk jamoa) stadionini tamirlash uchun mablag'; shaxsiy samolyotda 50 soat bepul parvoz qilish va hokazo. Ammo ularning bor yo'g'i bittasini “o'tkazish”ning iloji bo'lgan va Uilfrid Mbappe jamoa mashg'ulotlarida ishtirok eta boshlagan.

5. Xushmuomalaligi uchun Neymarga 4,5 mln evro

Football Leaks xabariga ko'ra, braziliyalikning PSJ bilan shartnomasida “etika uchun qo'shimcha maosh” — 4,5 mln evro bandi mavjud edi. Ushbu summani qo'lga kiritish uchun Neymar 10ta qoidaga amal qilishi zarur — muxlislarni etiborsiz qoldirmaslik, mashg'ulotga kechikmay kelish, intervyu va klub imidjini saqlash. Darvoqe, emishki, bu kabi mukofot pullari PSJning bir qator yulduzlarida mavjud. SHunchaki Neymarda bu summa ikki barobar ko'p. Ammo futbolchi vakillari bu malumotni inkor etishdan charchashmayapti.

6. Obameyang sadoqat uchun bonus oladi

Zamonaviy futbolda sadoqat tushunchasi noyob hisoblanadi. SHuning uchun ham, Obameyangga mo'maygina summa taklif qilishgan. Agar futbolchi “Arsenal”dan ketib qolmasa, unga 4 yil davomida 15,15 mln evro to'lab berishadi. Bunday usuldan ko'plab klublar foydalanadi. Misol uchun Lionel Messida bunday premiya summasi 4 yilga 70 mln evroni tashkil qiladi.

7. Firmino “Arsenal”ga o'tishi mumkin emas

Bu ham Football Leaks malumoti. Xabarga ko'ra, Firmino va “Liverpul” o'rtasidagi kelishuvga ko'ra, braziliyalikni 98 mln evro tovon puli berib bemalol olib ketishingiz mumkin. Ammo bitta jamoa — Londonning “Arsenal” klubi bundan mustasno. Mersisaydliklarning “kanonirlarda” ancha-muncha alami qolib ketga, chog'i. Masalan, jamoaning eks-forvardi Luis Suares shartnomasida ham shunday band bo'lgan va u keyinchalik “Barselona”ga ko'chib o'tgan.

8. Xesega musiqa bilan shug'ullanish taqiqlangan

Yomon boshlamagan bo'lsada, Xese “Qirollik klubi” asosiy tarkibiga kira olmadi. 2016 yil PSJga o'tgach, futbolchi “qayta tirilishi” kerak edi. Ammo futbolchini nimadir futboldan doim chalg'itayotgandek edi. Xese uzoq yillardan beri musiqa bilan shug'ullanadi va o'zining xip-xop guruhini ham ochgan – Big Flow. Ushbu guruh vaqti-vaqti bilan chiqishlar qilib YouTube da millionlab prosmotrlar to'playdi. SHartnoma imzolashda PSJ rahbarlari buni ham etibordan chetda qoldirishmadi va bir band qo'shib ketishdi. Unga ko'ra, Xese mavsum davom etayotgan vaqtda musiqa bilan shug'ullanishi mumkin emas. Balki shuning uchun ham Xese Parijda yaxshi o'ynab keta olmagandir.

9. Bornebyu oldiga tramplindan uzoq yurish sharti qo'yilgan  

Stig Inge Bornebyu – chinakamiga katta klub (“Liverpul”) tarkibidan o'rin ololgan kamdan-kam norvegiyaliklardan hisoblanadi. Ammo mersisaydliklar boshliqlari Stigning chang'ida tramplindan sakrashga bo'lgan qiziqishidan xavotirga tushadi va oldindan uni ogohlantirib, shartnomaga avvaldan band qo'shib qo'yishgan. Unga ko'ra, futbolchi nafaqat tramplindan sakrash, balki ularga 200 metrdan yaqin masofaga bormasligi ham belgilangandi. Himoyachi APLda 11 yil to'p tepdi.

10. SHvarc Er sayyorasini tark etishi mumkin emas

Stefan SHvarc SHveciya termasi safida JCH-1994 bronza medallariga ega chiqqan va 1999 yil yarim himoyachi “Sanderlend”ga ko'chib o'tgan. Kutilmaganda, klub vakillariga futbolchi kosmosga parvoz qilishga qiziqishi haqida malumot etkazishadi. Balki shunday guruhlarning biridan o'ziga joy band qilib qo'ygan bo'lishi mumkinligini aytishgandir. 90-yillar kosmik turizm endi ommalashayotgan vaqt edi. Klubdagilar bundan qo'rqib qolishgan va futbolchiga Er sayyorasini tark etishni taqiqlab qo'yishgan.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +55   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика