Suares: “Messini noto'g'ri tushunishdi deb o'ylayman”
06 dek 2019 09:32
Yangiliklar
Suares: “Messini noto'g'ri tushunishdi deb o'ylayman”
Luis Suares Messining qachon faoliyatini yakunlashi haqida gapirdi.
“Messini noto'g'ri tushunishdi deb o'ylayman. Birinchidan, biz o'sha holatdan Messi endigina yangi “Oltin to'p”ini qo'lga kiritganini tushunishimiz lozim. U ham baxtli chog'ida hayajonlandi. Messi ham bizga o'xshagan inson axir. Leo hali uzoq vaqt o'ynashda davom etadi deb umid qilaman”, — deydi Suares.
Eslatib o'tamiz, Messi “Oltin to'p” taqdirlash marosimida faoliyatini yakunlash vaqti yaqinlashayotgani haqida gapirib o'tgandi.
Fikrlar