Suares La Ligada yubiley to'pini kiritdi
17 okt 2020 19:45
Yangiliklar


Suares La Ligada yubiley to'pini kiritdi
Ayni daqiqalarda Ispaniya chempionati 6-turidan o'rin olgan "Selta" – “Atletiko” bahsi bo'lib o'tmoqda.
Uchrashuv 6-daqiqasidayoq “matraschilar” forvardi Luis Suares raqib darvozabonini dog'da qoldirib, hisobni ochdi. Mazkur aniq zarba urugvaylik hujumchining La Ligadagi yubiley 150-goliga aylandi. SHulardan, 147 tasini “Barselona” safida kiritgan, qolgani esa “Atletiko”da.
Suares Primera joriy mavsumida 4 o'yinda qatnashib, 3+1 natija qayd etib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar