Suares faoliyatini "Aston Villa"da davom ettirishi mumkin
19 jan 2022 11:47
Yangiliklar
Suares faoliyatini "Aston Villa"da davom ettirishi mumkin
"Atletiko"ning urugvaylik hujumchisi Luis Suares klubdan ketishi mumkin.
Bu haqda jurnalist Xerard Romero xabar bermoqda.
Unga Janubiy Amerika va Saudiya Arabistoni klublaridan taklif bor. Ammo, 34 yoshli forvard faoliyatini Evropada davom ettirmoqchi, shu sabab mos variantlardan biri Stiven Jerrard ustozlik qilayotgan "Aston Villa" klubidir.
Ular birgalikda "Liverpul"da o'ynashgan. Suares yoshiga qaramasdan, u o'zini APLda o'ynay oladi deb hisoblamoqda.
Suares joriy mavsum barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar