Suares: "El-Klassiko"da g'alaba qozonish navbati "Barselona"ga keldi"
27 okt 2018 17:21
Yangiliklar
Suares: "El-Klassiko"da g'alaba qozonish navbati "Barselona"ga keldi"
"El-Klassiko" "El-Klassiko"ligicha qoladi. O'tgan mavsum "Real" bilan o'yindan oldin chempionlikni hal qilgan edik, ammo bahs baribir tomoshabop bo'ldi. Har doim shunday. "El-Klassiko"dan oldin jamoaning jismoniy holatini hisobga olish kerak, ammo maydonda bu haqida o'ylamaysan.
Yangi murabbiy jamoaga ilhom bag'ishlaydi. Futbolchilar unga o'zini ko'rsatishga urinishadi. "Barselona" "Real" bilan bahsda ehtiyotkorroq bo'lishi kerak, chunki raqibda sifatli va iqtidorli futbolchilar ko'p.
Ronaldu qanday futbolchi ekanligini hamma biladi, ammo jamoa kimningdir ismidan ustunroq. Xatto Krishtianu ketganidan keyin ham jamoada o'yin taqdirini hal qiladigan individual mahorat egalari bor.
"Barselona" Ronaldu yo'qligi tufayli muammolarga uchrayotgan raqib haqida emas, o'z o'yini haqida o'ylashi kerak. Biz o'zimiz va muxlislar uchun g'alaba qozonmoqchimiz. "El-Klassiko"da g'alaba qozonish navbati "Barselona"ga keldi. SHunday bo'ladi deb umid qilaman" - deydi Suares.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar