Suares "Atletiko"dan bonus oldi

Alisher
10 fev 2021, 16:28
Urugvaylik futbolchi taqdirlandi.

"Atletiko" forvardi Luis Suares klubdan moliyaviy bonus oldi. Futbolchining shartnomasida uning mavsum davomida 15 va 20ta gol urishi bilan bog'liq bonuslar bor edi.

Suares hozirdanoq La Ligada 16ta gol urishga erishdi va klubdan dastlabki bonusni oldi. Urugvaylik futbolchiga "Atletiko"dan ikkinchi bonusni olish uchun yana 4ta gol kerak.

Eslatib o'tamiz, Suares Madrid klubida aqlbovar qilmas debyut mavsumini o'tkazmoqda va u o'z gollari bilan Yevropaning top-5 chempionatlarini rekordini ham o'rnatdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca