Stramachchioni: "Roma" - Italiyaning eng kuchli texnikaga ega jamoasi"
06 jan 2015 14:18
Yangiliklar


Stramachchioni: "Roma" - Italiyaning eng kuchli texnikaga ega jamoasi"
"Udineze" bosh murabbiyi Andrea Stramachchioni "Roma"ga qarshi A Seriya 17-tur uchrashuvidan oldin raqib haqida o'z fikrini bildirdi.
"Texnik tarafdan hisobga olsak, "Roma" - Italiyadagi eng zo'ri. O'ylashimcha, ular CHempionlar ligasiga juda ko'p kuch sarflashdi. Ammo rimliklar hozirgacha yaxshigina dam olishgan. "Roma" uch ochko olishni rejalashtirgan, biz esa ularni to'xtatishga urinib ko'ramiz.
90 daqiqa himoyada o'ynay olmaymiz, chunki gol qo'yib yuborishimiz mumkin. Biz kerakli quroldan foydalanishimiz lozim. Xar bir to'p uchun kurashish kerak. "Roma" keyingi o'yinni "Lacio" bilan o'tkazadi, shu sabab ularga biz bilan o'yinda yaxshi natija kerak" - deydi Stramachchioni.

Fikrlar